...
09.04.2024
36 marta o'qildi

Bugun Sariosiyo tumanidagi 20-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Besh tashabbus – besh imkoniyat!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

 

 

 

 

 

“Nuroniy” jamg‘armasi Sariosiyo tuman bo‘limi raisi S.Qosimov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Sariosiyo tuman bo‘linmasi hamda mas'ullar ishtirok etgan tadbirda tuman hokimi mamlakatimizda yosh avlodni ma’naviy barkamol inson etib tarbiyalash, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish, ularning san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishini oshirish bo‘yicha beshta muhim tashabbus doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladilar.

 

 

 

Tadbir avvalida tashabbus yo'nalishlari bo‘yicha madaniyat, adabiyot, san’atga qiziquvchan yoshlar o‘z iqtidorlarini namoyish etishdi. Tasviriy san’at asarlari, o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan liboslar ko‘rgazmalari, pazandachilik, sport, san'at va madaniyat to'garaglari a'zolarining chiqishlari yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?