...
18.04.2024
8 marta o'qildi

Yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish borasida muayyan ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

 

Xususan, joriy yilning aprel oyida boshlangan umumta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchi qizlari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha Surxondaryo viloyat prokurori kubogi sport musobaqasining tuman bosqichi o‘tkazildi.

 

Musobaqa yakunida, tumanning 88-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchi qizlari 1-o‘rinni, 36-sonli umumta’lim maktabi qizlari
2-o‘rinni va 6-sonli umumta’lim maktabi qizlari 3-o‘rinni egallashdi.

 

G‘oliblarga viloyat prokurorining faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

 

 

 

 

 

 



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?