...
26.04.2024
27 marta o'qildi

Tuman hokimi Abduqodir Donayev xalq bilan doimiy muloqot olib borish, mahallama-mahalla yurish orqali odamlarni qiynab kelayotgan muammolarni chuqur o‘rganish va hal qilish maqsadida Sebzor mahallasidagi aholi va yoshlar bilan uchrashdi hamda navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

 

Qabulda, tumandagi tegishli aloqador tashkilot va korxona rahbarlari, Sebzor mahallasi fuqarolari hamda “mahalla yettiligi” ishtirok etishdi.

 

Sayyor qabul jarayonida, tuman hokimi A.Donayev tomonidan Sebzor mahallasida Sayxunobod tajribasini yo‘lga qo‘yish hamda bahor-yoz oylarida sel, suv toshqinlaridan aholi xavfsizligini ta’minlash yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.

 

Qabul davomida, fuqarolar tomonidan ichimlik suvi bilan ta’minlash, ichki yo‘llarni ta’mirlash va kredit ajratish kabi masalalarda yo‘llangan murojaatlar ro‘yxatga olinib, tegishli tartibda ijroga qaratildi.

Murojaatlarni ijobiy hal etish bo‘yicha muddat belgilanib, mas’ullarga vazifa yuklandi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?