...
30.10.2024
10 marta o'qildi

Prezidentimiz tomonidan 2023-yil 20-yanvar kuni maktablarda xorijiy tillar va kasb o‘rgatish tizimini rivojlantirish masalalari bo‘yicha bergan topshiriqlariga asosan “Nuroniy” jamg‘armasi Sariosiyo tumani bo‘limi raisi S.Qosimov va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Sariosiyo tuman bo‘linmasi hamkorlikda tumanning 41-sonli umumta’lim maktabida “Ikki til va bir kasb” tamoyili bo‘yicha ta’lim olayotgan o‘quvchilar faoliyati bilan tanishildi.

 

O‘quvchilarning kasb yo‘nalishi hamda ingliz va rus tillari bo‘yicha bilim salohiyatlari sinovdan o‘tkazildi. Bu yoshlarning bilimga bo‘lgan shijoati va intilishini ko‘rib ko‘zingiz quvonadi. Har bir yoshga ustozlari tomonidan o‘rgatilayotgan kasb-hunar kelajakda bu yoshlarga o‘z yo‘lini va o‘z kasbini egallashda yordam beradi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?