...
15.07.2024
68 marta o'qildi

Sariosiyo tumani hokimi Abduqodir Donayev qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida tumanning Marjona mahallasida bo‘lib, mahalla ichki yo‘llarini tuzatish va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi, jumladan, tuman hokimi uyma-uy yurib, har bir xonadonning sharoiti bilan tanishib, aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini o‘rganib, ularni tezkor va samarali hal qilish choralarini ko‘rish hamda aholini qiynab kelayotgan masalalarga yechim topishini ta'minlash mahalla faollarining birinchi galdagi vazifasi ekanligi haqida ta'kidlab o'tdi.

Shundan so‘ng, tuman hokimi – “Yangi O‘zbekiston” massivida amalga oshirilayotgan ishlar, turar joylar, ijtimoiy soha obyektlari va xizmat ko‘rsatish nuqtalarining qurilishi bilan tanishdi.

Xususan, mutasaddilar va obodonlashtirish sohasi mas’ullariga ishlarni tizimli va sifatli tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?