Vatanparvarlik, tashabbuskorlik va g'alabaga bo'lgan ishonchingiz balandmi? O‘z kuchingizni sinab ko‘rishga tayyormisiz? U holda mahalla yoshlari o‘rtasida tashkil etilayotgan “Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqalarida ishtirok eting va g‘oliblik sari intiling!
Musobaqalarda ishtirok etish uchun jismoniy chiniqish, qat’iyat va jamoaviy ruhni sinovdan o‘tkazmoqchi bo'lgan 18-22 yosh toifasidagi barcha yoshlar @YoshlarRegbot orqali 20-mart kuniga qadar ro'yxatdan o'tishi mumkin.
Fursatni boy bermang!