...
13.09.2023
21 marta o'qildi

“Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida!

Joriy yilning 12-sentabr kuni O‘zbekiston faxriylarning ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi respublika boshqaruvi raisining maslahatchisi Omonov Farhod Botirovich, “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limi bosh mutaxassisi O.Jo‘rayev, “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi raisi S.Qosimov, “Billur” MFY Yoshlar yetakchisi D.Sattorov va mahalla faollari ishtirokida, Muhtaram Prezidentimizning 2023-yil 20 yanvar kuni maktablarda xorijiy tillar va kasb o‘rgatish tizimini rivojlantirish masalalari bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilishlarda bergan topshiriqlariga asosan, tuman hududidagi 17-sonli umumiy ta’lim maktabida bo‘lib, F.Omonov o‘z so‘zida Xalqimizda “Bir bolaga yetti mahalla ota-ona”, degan gap bor.

Xalqimizning asriy va hayotiy qarashlari asosida shakllangan falsafiy dunyoqarashining ifodasi bo‘lgan ushbu ibora zamirida ham katta ma’no-mazmun mujassam.

Shunday ekan, bugun Prezidentimiz tashabbusi bilan jamiyatimizdagi eng ustuvor masalaga aylangan – farzandlar ta’lim-tarbiyasiga barchamiz daxldormiz.

Joylardagi maktablarda yaratilgan sharoitlar, darsliklar ta’minoti, farzandlarimizning ta’lim olishi, o‘z ona tilidan tashqari ikkita chet tillini o‘rganib, attestat bilan birgalikda o‘zlari tanlagan kasb-hunar sirlari egasi bo‘lib chiqishlari uchun birgina o‘qituvchi emas, balki mamlakat taraqqiyoti uchun jon kuydiradigan har bir inson – ota-onalar, keng jamoatchilik bab-baravar mas’uldir.

So‘nggi yillarda barcha sohalarda bo‘lgani kabi, ta’limga, o‘qituvchilarga e’tibor oshdi, oliy ta’limda qabul soni va yo‘nalishlar ko‘paydi. Mana ko‘rib turibmizki ingliz tilida o‘quvchilar bir-birlari bilan bemalol muloqot qilmoqdalar. Bu o‘qituvchilarning sayi-harakatlari natijasidir.

Shundan so‘ng “Terakzor” mahallasi hududida joylashgan 41-sonli umumiy ta’lim maktabida “Yangi hayot uchun Yangi O‘zbekiston uchun" shiori ostida "Uch avlod uchrashuvi" o‘tkazildi.

Uchrashuvda mamlakatimizda inson omiliga yuksak e’tibor berilayotgani, Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan jamiyatimizning har bir a’zosiga g‘amxo‘rlik, mehr-oqibat ko‘rsatilayotganligi, inson qadr-qimmati, uning orzu-niyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratib berish ustuvor vazifaga aylanganligini ta’kidlab o‘tdilar.

Uchrashuvga Qatag‘on qurbonlarining oila a’zolari taklif etilgan bo‘lib, Qatag‘on qurboni Bobomurod Omonovning qizi Omonova Sanobar va Qatag‘on qurboni bo‘lgan Xolov Xolnazarni nabirasi Xolov Botirlar so‘zga chiqib ota-bobolari haqidagi xotiralaridan so‘zlashdilar.

Bugungi kunda ularning nomi oqlangani va davlatimiz tomonidan munosib e’tirof etilayotganini ta’kidlashdi. Yurtboshimiz tomonidan yaratilgan qatag‘on qurbonlarni yodga olish ularning oila a’zolariga e’tibor qaratib kelayotganliklari uchun Yurtboshimizga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?