...
12.03.2024
52 marta o'qildi

Tuman hokimi Abduqodir Donayev rahbarligida Sariosiyo tumani va IIB JXX HPB VEIHYOK Markazi hamda sektor raxbarlari bilan birgalikda, tuman hokimligi tomonidan voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlar hamkorligida yig'ilish bo'lib o'tdi.

 

 

 

 

Yig'ilishda qarovsiz va nazoratsiz yurgan, jinoyatga moyil, ijtimoiy ogʻir ahvolda qolgan voyaga yetmaganlarni yashash joylarida oʻrganish va ijtimoiy huquqiy hamda psixologik yordamlar koʻrsatish ishlarini tashkil etishdagi hamkorlik masalalari, shuningdek, voyaga yetmaganlar bilan ishlashda yuzaga kelayotgan muammoli masalalar muhokama qilindi.

 

Hozirgi kunda respublikada voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarlik holatlari ortib borayotgani hamda muammoli o‘quvchilar bilan ularning ota-onalari ishtirokida manzilli ishlash tizimida kamchiliklar mavjudligi tanqid qilinib kelgusi rejalar belgilandi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?