...
15.03.2023
157 marta o'qildi

Uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Tarixga nazar tashlash, kelajakda yuqori marralarni ko‘zlash har qanday sohaning taraqqiy etishi uchun lozim jihatlardan biri hisoblanadi.
Joriy yilning 15 mart kuni uzoq yillar el-yurt uchun samarali xizmat qilgan mehnat faxriylari, islohotlar muvaffaqiyati yо‘lida jonbozlik kо‘rsatib kelayotgan о‘rta avlod vakillari hamda faol yoshlarni mushtarak maqsad yo‘lida bir davraga jam qilgan tadbir “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
Tadbir avvalida Sariosiyo tuman hokimi so‘zga chiqib, maʼnaviy-maʼrifiy tadbiridan ko‘zlangan maqsad tarixdan to‘g‘ri saboq chiqargan holda buyuk kelajakka ildam qadam tashlash, shu bilan birgalikda, ustoz-shogird anʼanalarini yana-da rivojlantirish ekanligini taʼkidlab, shu bilan birgalikda yangilanish va yosharish ayyomi Navro‘zi olam bilan barchani qutladi.
Uchrashuvda tuman madaniyat xodimlari tomonidan ijro etilgan vatan, do‘stlik, mehr-muhabbatni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Tadbir yakunida nuroniylar yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini tilab duoga qo‘l ochishdi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?