...
04.12.2023
23 marta o'qildi

Tumanimizning barcha maktablarida "Bilimlar kuni" ko'tarinki kayfiyatda bo'lib o'tdi.

Bugun, o'quvchilar va ularning ota-onalari uchun quvonchli kunlardan biri. Boisi barcha umumta'lim maktablarida yangi 2023-2024-o'quv yilining birinchi, ya'ni "Bilimlar kuni" nishonlandi. Shu jumladan, Sariosiyo tumanining barcha maktablarida ham dars jarayonlari boshlandi.

Ushbu tantanali tadbirda sektor rahbarlari, tuman hokimi o'rinbosarlari va tashkilot rahbarlari hamda mas'ullar, o'qituvchi, o'quvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.
Kuy va qo'shiqlarga boy bo'lgan bayram tadbiridan so'ng, har bir sinfda mustaqillik darslari o'tkazildi. Dars davomida yoshlarga mustaqillikka erishish mashaqqatlari, 32 yil ichida erishilgan yutuqlar, tariximiz to'g'risida tushunchalar berildi.

Shuningdek, yoshlarga bugungi olib borilayotgan islohotlarning davomchisi va buyuk ajdodlarimizning munosib avlodi, jannatmakon yurtimizning haqiqiy merosxo‘ri ekanliklari aytilib, imkoniyatlardan unumli foydalangan holda yurtimiz dovrug'ini dunyoga tanitadigan farzandlar bo'lishlari tilab qolindi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?