...
09.07.2024
30 marta o'qildi

Urunov Bahodir Ibatovich – O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining tegishli buyrug‘i bilan Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

B. Urunov 1974-yilda Sho‘rchi tumanida tug‘ilgan. 1997-yilda Termiz davlat universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – kimyo.

Mehnat faoliyati davomida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasida boshliq o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i hamda Tabiat resurslari vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish va ichki audit bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish, komplaens va ichki audit bo‘limi boshlig‘i lavozimida mehnat qilib kelayotgan edi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?