...
05.11.2024
48 marta o'qildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov vohamizga amaliy tashrif bilan kelgan Tatariston Respublikasi prokurori Albert Suyargulovni qabul qildi. Uchrashuvda Surxondaryo viloyati prokurori Baxtiyar Babadjanov ham ishtirok etdi.

 

Uchrashuvda ikki davlat rahbarlarining say-harakatlari bilan O‘zbekiston-Rossiya munosabatlari yuqori darajada rivojlanib borayotganligi, hududlararo hamkorlik aloqalari, jumladan, Surxondaryo viloyati va Tatariston Respublikasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy va qishloq xo‘jaligi sohalari hamda boshqa yo‘nalishlarda hamkorlik yo‘lga qo‘yilganligi qayd etildi.

 

Bu borada Tatariston Respublikasi raisi Rustam Minnixanov bilan o‘zaro tashriflar davomida qator kelishuvlarga erishilib, ular bugungi kunda hayotga tadbiq etilayotganligi bildirildi. Shuningdek, o‘zaro hamkorlik aloqalarini keng qamrovli rivojlantirish, yangi imkoniyatlarni ishga solgan holda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?