...
19.04.2024
83 marta o'qildi

Bugun Tatariston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri Oleg Korobchenko boshchiligidagi delegatsiya Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Delegatsiyani Termiz xalqaro aeroportida viloyat hokimining o‘rinbosarlari Sherzod Rajabov va Sherali Jo‘rayevlar kutib olishdi.

 

Shundan so‘ng, mehmonlar Al Hakim at-Termiziy maqbarasini ziyorat qilishdi va majmua bilan yaqindan tanishishdi.

 

Tashrif davomida erkin iqtisodiy zona va ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishuv hamda ikki tomonlama tashriflar davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish va kelgusidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan muzokaralar o‘tkazish belgilangan.

 

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 27-mart kuni Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov amaliy tashrif bilan viloyatimizda bo'lgan edi.

 

https://t.me/axborot_xizmati/35081 



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?