...
05.11.2023
111 marta o'qildi

Tadbirkorlar bilan uchrashuv
Mamlakatimizda yaqin istiqbolga moʻljallangan dasturlar doirasida aholining yashash sharoitini yanada yaxshilash maqsadida  bugun Sariosiyo tuman “Shoʻrtanneftgaz” MChJ ga qarashli majlislar zalida tadbirkorlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Tadbirda tuman hokimi A.Donayev va 4-sektor rahbari G.Samiyeva, tuman hokimining sohalar boʻyicha oʻrinbosarlari bilan birgalikda tumandagi tadbirkorlar ishtirok etishdi.
Muhokamalar davomida, bugungi kunda olib borilayotgan ishlar aholi bandligini ta’minlash tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash,  xonadonlarning daromadini oshirish boʻyicha yaratilgan imkoniyatlardan keng foydalanish bo‘yicha qator taklif va mulohazalar bildirildi.
Tadbirkorlar tomonidan koʻtarilgan muammo va takliflarni inobatga olgan holda, qabulda ishtirok etgan hamda tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar muammolarini hal etish va ularga amaliy yordam koʻrsatish maqsadida, zarur tavsiyalar va sohaga oid ma’lumotlar berildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?