...
19.01.2024
44 marta o'qildi

Surxondaryoda boychechak gulladi

Kuni-kecha Boysun tumani “Qizil kanyon” hududida o‘tkazilgan havo sharlarini uchirish festivalida ishtirokchilar qir-adirliklarda boychechak gullaganiga guvoh bo‘lishgan.

Ob-havoning har yilgidan ko‘ra iliq va mo‘tadil kelishi bahor elchisi bo‘lgan ushbu gulning erta ochilishiga sabab bo‘lgan.

Boychechakning ochilishi bir tomondan yangilanish faslining kirib kelayotganligini anglatib, ko‘ngilga xursandchilik ulashsa, boshqa tomondan yildan-yilga harorat ko‘tarilib, ekologik muammolar tobora dolzarblashib borayotganligini bildiradi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?