...
17.03.2023
70 marta o'qildi

SHAXSIY DAXLSIZLIK VA MOL-MULKINGIZ XAVFSIZLIGINI TA‘MINLANG
 
Bugun 16 mart kuni Sariosiyo tumani Konchilar mahallasi ko‘p qavatli uy egalari bilan shaxsiy daxlsizligi va  molk-mulklarini xavfsizligi va himoyasini ta’minlash maqsadida “Texnik qo‘riqlash markazi”ga qo‘riqga topshirish bo‘yicha Sariosiyo tuman qo‘riqlash bo‘limi TQP xodimlari va Sharg‘un shahar IIB boshlig‘i mayor B.Meliqulov bilan hamkorlikda targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borildi.  
 
Targ‘ibot ishi davomida fuqarolarga texnik qo‘riqlash markazining afzalliklari, qo‘riqlanish tartibi  “PRITOK” apparati qay tartibda ishlashi  to‘g‘risida ma’lumot berildi hamda moslamaning ishchi holati va texnik xususiyati yoritib berildi. Targ‘ibot so‘ngida aholini qiziqtirgan savollarga javob berilib, qiziqish bildirgan fuqarolarga Sariosiyo tuman Qo‘riqlash bo‘limi manzili hamda navbatchilik qismi telefon raqamlari eslatib o‘tildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?