...
27.01.2023
227 marta o'qildi

Kunning ikkinchi yarmida tuman hokimi Abduqodir Donayev, tuman hokimi birinchi o‘rinbosari Sh.Qalandarov bilan birgalikda Sharg‘un shahrida olib borilayotgan obodlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Tashrif davomida Sharg‘un shahar hokimligi binosiga ham e'tibor qaratilib shahar loyihasi bilan yaqindan tanishib o‘tdi va xonalar ko‘zdan kechirildi hamda hokimlikning binosida ish faoliyatini olib borayotgan “Diyorbek quruvchi davr” xususiy korxonasi rahbar va xodimlarining bilan suhbatlashib ishni sifatli tarzda bajarish bo'yicha ko‘rsatma berdi.

Shuningdek, tuman hokimi Sharg‘un shaharning ijtimoiy soha obyektlarida ham bo‘ldi. Xususan, 5-sonli umumta’lim maktabida o'quvchilarga yaratilgan sharoitlar, issiqlik ta’minoti ko‘zdan kechirilar ekan mutassadi rahbarlarga maktabning doimiy issiqlik tizimi ishlashi va xonalarning issiqlik darajasi tushib ketmasligi aytib o‘tildi va isitish tizimi doimiy ravishda ishlab turishi maqsadida dvejok tashkil etilib isitish qozonlari ishlashiga ko‘mak bo‘lishini ta‘kidladi.

Abduqodir Donayevning Sharg‘un shahridagi keyingi manzili tibbiyot markazi bo‘lib u yerda ham avvolambor issiqlik tizimi ko‘zdan kechirar ekan ushbu issiqlik ta’minotida uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik, shifoxonada davo muolajalarini olayotgan bemorlaga barcha sharoitlar yaratish bo‘yicha ham mas‘ullarga qat‘iy ogohlantirdi (https://t.me/sariosiyohokimligi/21350?single).



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?