...
18.03.2023
74 marta o'qildi

Sariosiyo tumanida asalarichilikni rivojlantirish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi

Bugun 18-mart kuni tumandagi “Abdug‘affor Abdurahmon davr” fermer xo‘jaligi bog‘ maydonida Surxondaryo viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i R.Gapparov, tuman hokimining sohalar bo‘yicha o‘rinbosari S.Qurbonov, tuman prokurori N.Azizov, tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i N.Gʻafforov, tumandagi qishloq xo‘jaligiga aloqador tashkilot rahbarlari, tumandagi klasterlar va bog‘-tok, dehqonchilik hamda paxta-g‘allaga ixtisosolashtirilgan fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda "Asalarichilik"ni tumandagi fermer xo‘jaliklarining dala maydonlari arofida rivojlantirish borasida keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirish bo‘yicha mutaxassis tomonidan batafsil ma‘lumot berildi.

Shuningdek, tumanda oziq-ovqat zaxirasini kengaytirish maqsadida barcha fermer xo‘jaliklarining dala maydonlari chetlariga tut, uzum, bodom, meva-sabzavot, poliz ekinlari ekish tartibi haqida suxbat olib borildi.

Qolaversa tumanda hamda yurtimizda qishloq xo‘jaligi maxsulotlariga bo‘lgan talablarni ta’minlashga qaratilgan etiborni inobatga olgan holda tizimli ishlarni amalga oshirish belgilab olindi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?