...
17.03.2023
70 marta o'qildi

Qurilish sohasidagi ishlar doimo nazoratda
Qurilish sohasida Davlat dasturi ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika shtabi rahbari S.I.Samadov, tuman hokimi Abduqodir Donayev va mas‘ullar bilan birgalikda Sariosiyo tumanida olib borilayotgan qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi.
Jumladan, Sariosiyo tumani Lutfkor mahallasida qad rostlayotgan "Yangi O‘zbekiston massivi"da qurilish sohasidagi davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish yuzasidan qurilish ta’mirlash ishlari olib borilayotgan ob’yektlar bilan tanishdi.
2022-2026 yillarga mo‘ljallangan "Yangi O‘zbekiston massivi"da loyihaga asosan 31 gektar yer maydonida 86 ta ko‘p qavatli uy-joy, 3 gektar yer maydonida ekobozor, 1 ta maktab, 1 ta maktabgacha ta‘lim muassasasi, 2 ta savdo maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi, Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Sariosiyo tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati, tibbiyot punkti qurish rejalashtirilgan.
Mas'ullar tomonidan “Yangi O‘zbekiston massivi"da qurilayotgan ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi sifati ko‘zdan kechirib, amalga  oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish, obyektni belgilangan muddatda sifatli ravishda topshirish bo‘yicha mas'ullarga zarur ko‘rsatma va tavsiyalar berildi. Shu bilan bir qatorda, qurilishga mas'ul bo‘lgan rahbarlarga har bir obyektda ishlarning sifati va haqqoniyligi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlar be



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?