...
23.01.2023
88 marta o'qildi

Bugun Sariosiyo tuman hokimi Abdisalom Xujaqulov boshchiligidagi mas‘ullardan tashkil topgan ishchi guruh a‘zolari bilan birgalikda tuman markazida tadbirkorlar tomonidan noqonuniy joylashtirilgan savdo shahobchalari, piyodalar yo‘laklarini to‘suvchi vositalar shuningdek, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining do‘kon, oshxonalar, aholi xonadonlarini atrofini noqonuniy to‘siqlar bilan o‘rab olish kabi holatlarni oldini olish va ushbu muammolarni bartaraf etish, tumanda obodonlashtirish ishlarining olib borilishi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan savdo do‘konlari hamda noqonuniy o‘rnatilgan savdo shahobchalari tartibga keltirilib, aholi uchun qulaylik yaratish maqsadida piyodalar yo‘laklari tartibga solinmoqda.

Qolaversa tuman hokimi aholi vakillari bilan uchrashilib ularning muammo va takliflari ham eshitildi. Ko‘p qavatli aholi yashash xonadonlari atrofida obodonlashtirish ishlarini olib borish, binolarning tashqi tomonini bo‘yash, bolalar maydonchasini qurish, noqonuniy qurilgan bino va inshootlarni buzish bo‘yicha mas‘ullarga topshiriq berdi.

Hozirda o‘rganish ishlari davom etmoqda (https://t.me/sariosiyohokimligi/21081?single).



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?