...
19.01.2024
49 marta o'qildi

Muammoli kreditlarni undirish va kreditdan samarali foydalanishda qanday kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmoqda?

Bugun, Sariosiyo tuman prokurori B.Oltibayev, IJQK departamenti tuman bo‘limi boshlig‘i M.Abdurahimov, tuman IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B.Umarov, tuman hokimligi va aloqador mas’ullar bilan birgalikda tumandagi barcha tijorat banklarida Muammoli kreditlarni undirish hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturiga ajratilayotgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish yuzasidan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Uchrashuvlarda, tuman prokurori B.Oltibayev bank mas’ullariga muammoli kreditlarni qaytarish banklarning imkoniyatlarini yanada kengaytirishini, ularni undirish bo‘yicha banklar, qarzdor korxonalar, jismoniy va yuridik shaxslar bilan birgalikda tizimli ish olib borishi zarurligini ta’kidladi.

Jumladan, Bank mas’ullariga kredit to‘lamayotgan qarzdor korxonalar, yuridik va jismoniy shaxlar biriktirilib, kredit qarzdorliklarini undirish bo‘yicha tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Bank faoliyati O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida eng tez rivojlanayotgan tizimlardan biridir. Banklarning kredit resurslari muqaddam ajratilgan kredit qarzlarining tasdiqlangan grafik asosida qaytarilishiga bog‘liq. Shunday ekan, ma’lum maqsadlarda kredit olgan shaxslarning bu borada o‘z mas’uliyatlarini oshirishi, yana kimningdir kredit resurslaridan foydalanishiga imkon yaratadi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?