...
24.04.2024
34 marta o'qildi

Surxondaryo viloyati hokimi - Fuqaro muhofazasi boshlig‘i Ulug‘bek Qosimov rahbarligida Sariosiyo tumanida bahor-yoz oylarida sel, suv toshqinlari va ko‘chki mavjud hududlarda aholi xavfsizligini ta’minlash yuzasidan FVDqT xizmatlari ishtirokida daryo qirg‘oqlarini mustahkamlash bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi.

 

O‘quv mashqida dastlab Sariosiyo tumanida tashkil etilgan mexanizatsiya yig‘ma komandasining maxsus muhandislik texnikalari va shaxsiy tarkibining saf ko‘rigi o‘tkazildi. Saf ko‘rigida jami 60 ta muhandislik texnikalari va 227 nafar shaxsiy tarkib ishtirok etdi.

 

Ayni vaqtda tumandagi soy va daryolar, sel yo‘llari qirg‘oqlarini mustahkamlash, o‘zanlarini tozalash ishlari amalga oshirilmoqda hamda chiqarilayotgan qum-shag‘allar ichki yo‘llarni ta’mirlashga sarflanmoqda.

 

Maxsus taktik o‘quv mashqlar va amaliy ishlar viloyatning boshqa hududlarida ham davom ettirilmoqda.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?