...
17.03.2023
79 marta o'qildi

Mahalla binosi foydalanishga topshirildi
Sariosiyo tumanida biri-biridan goʻzal binolar foydalanishga topshirilyapti. Shulardan biri “Shahriobod” mahalla fuqarolar yigʻini binosidir. Mazkur maskan tuman aholisiga chinakam bayram sovgʻasi boʻldi.
Tadbirda Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayev, tuman hokimi o‘rinbosari, Sharg‘un shahar hokimi, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi xodimlari hamda mahalla faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Ochilish marosimida qayd etilganidek, Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosatning asl maqsadi mamlakatni ertangi kundagi rivojlanishining muhim bosqichi, avvalo, mahalla institutining faoliyatini yanada takomillashtirish va nufuzini yanada yuksaltirishga qaratilgan. Yoshlarni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash, yurtimiz tinchligi hamda osoyishtaligini taʼminlash, xalqimiz turmush farovonligini yanada oshirish masalalari tuman hokimligi mutasaddilarining doimiy eʼtiborida boʻladi.
Binoning ochilishiga bag‘ishlangan tadbirga yigʼilganlar barcha qulayliklarga ega, koʼrkam va zamonaviy binoda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Mahalla binosida hokim yordamchisi, mahalla raisi, yoshlar faoli, profilaktika noziri uchun alohida xonalar barcha sharoitlari mavjud holatga keltirilgan.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?