...
23.09.2022
166 marta o'qildi

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy sohadagi «Eng namunali tuman va shahar» hamda «Eng namunali vazirlik va idora» tanlovlari g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi sho‘ba mudiri Abduxalil Mavrulov hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari, Senator Minhojiddin Mirzo ochib berdi

«Komissiya tomonidan 2022 yilda o‘tkazilgan «Eng namunali tuman va shahar» tanlovida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli yo‘lga qo‘ygan, bu borada yuqori samaradorlikka erishgan hamda o‘z hududida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlagan 14 ta tuman va shahar hamda «Eng namunali vazirlik va idora» tanlovida 21 ta vazirlik va idora ishtirok etishdi»

Yakuniy natijasiga ko‘ra, «Eng namunali tuman va shahar» tanlovida Yangiqo‘rg‘on tumani 1-o‘rin (82,4 ball), Sariosiyo tumani 2-o‘rin (81,2), Karmana tumani 3-o‘rinni (77,1) egalladi. Shuningdek, Zomin tumani 4-o‘rin (75,2), Shirin shahri 5-o‘ringa (72,2) loyiq ko‘rildi.

 

 

 

 

 



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?