...
24.01.2023
121 marta o'qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig'iga asosan ko‘p kvartirali uy-joylarning umumiy mol-mulkini saqlash, undan samarali foydalanish va uni ta’mirlash, ularga tutash yer uchastkasini obodonlashtirish ishlarining izchil amalga oshirilish ishlari olib borilmoqda.

Xususan, Sariosiyo tumanida 140 ta ko'p qavatli uy-joylar mavjud bo'lib shulardan 13 ta binoning tashqi qismlari ta'mirtalab holatga kelib qolgan. Ayni vaqtda ushbu 13 ta binoning 2 tasida ya'ni Aeroport hamda M.Ulug'bek mahallalarida ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

Tuman hokimi A.Xujaqulov mas'ullar bilan birgalikda ta'mirlash ishlari olib borilayotgan manzilga tashrif buyurib, ishlarning sifatli darajada bajarilayotganligini ko'zdan kechirdi. Shuningdek, mas'ullarga ishni o'z vaqtida, sifati va haqqoniyligi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?