...
17.03.2023
82 marta o'qildi

Ko'chma savdo yarmarkasi tashkil etildi
Bugun, Sariosiyo tuman hokimligi, prokuraturasi, departamenti, Soliq inspeksiyasi, tuman Dehqon oziq-ovqat MChJ hamkorlikda aholining qishloq xoʼjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlanishi, arzonlashtirilgan narxlarda xarid qilishi uchun tuman markazidan 35 km uzoqlikda joylashgan Bog'isamarqand mahallasida ko'chma savdo yarmasi tashkil etildi.
Yarmarkada un, makaron, o‘simlik yog‘i, guruch, shakar, choy, kartoshka, piyoz, sabzi, tuxum, ko‘katlar, jami 20 ga yaqin mahsulotlar o‘rin oldi. Bog'isamarqand mahallasi fuqarolari oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarni bozor bahosida, hududlaridan tashqariga chiqmay xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?