...
05.11.2023
114 marta o'qildi

Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni munosabati bilan
Bugun Sariosiyo tumani hokimi A.Donayev va  tuman IIB boshlig'i  M.Amonto'raevlar ishtirokida tuman ichki ishlar bo‘limi binosida profilaktika inspektorlari bilan uchrashuv o'tkazildi.
Uchrashuv davomida, mamlakatimizda barcha sohalar singari, ichki ishlar organlari tizimini ham takomillashtirish,  “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida aholi orasida “Mening mahallamda jinoyat sodir bo‘lmasligi kerak” degan tushunchani mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish, aholi vakillari bilan yaqin hamkorlikda oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-ma'naviy muhitga salbiy ta'sir ko‘rsatuvchi omillarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash hamda bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish, mahallalarda axillik va oʻzaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, yosh avlodda vatanparvarlik, mehnatsevarlik tuygʻularini kuchaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda, ayniqsa voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida, oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishda olib borilayotgan profilaktika ishlarini yanada kuchaytirgan holda tizimli ishlarni amalga oshirish yuzasidan bir qator taklif va tavsiyalar tinglandi hamda kelgusi rejalar belgilab olindi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?