...
12.09.2023
20 marta o'qildi

Fuqarolar murojaatlariga hal etish eng ustuvor masala

Bugun, 12-sentabr kuni Sariosiyo tumani hokimligi katta majlislar zalida tuman hokimi Abduqodir Donayevning fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabulda 4-sektor rahbari G. Samiyva, Xalq qabulxonasi mudirasi O.Jo'rabekova hamda tuman hokimining sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

Qabulda moddiy yordam, ichimlik suvi, ijtimoiy himoya, kredit, uy-joy, ish, davolanish, o'qish kontirakti va shu kabi masalalarda murojaat qilib kelgan 43 nafar fuqarolarning murojaatlari ko'rib chiqildi. Qabul davomida fuqarolar tomonidan berilgan har bir murojaatlar batafsil o‘rganilib, ijobiy hal etilishi va qonun doirasida o‘rganilishi yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga ko‘rsatmalar berildi.

Eslatib o'tamiz, tuman hokimining fuqarolar qabuli haftaning har Seshanba kuni bo'lib o'tadi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?