...
15.09.2023
21 marta o'qildi

Faoliyati e’tirof etilgan tadbirkor

Bugun,15-sentabr kuni Sariosiyo tuman Xalq qabulxonasi mudiri O.Joʻrabekova, Savdo-sanoat palatasi tuman boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari L.Shonazarova, “Nuroniy” jamgʻarmasi Sariosiyo tuman boʻlimi raisi S.Qosimov, tuman hokimligi mas’ul xodimlari, mahalla faollari va yoshlar ishtirokida Sariosiyo Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi binosida tumandagi “Shargʻun Bunyodkori” ixtisoslashtirilgan ta’mirlash qurilish korxonasi rahbari Ishonqulov A’zam Arslonovich bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuvda, tadbirkor va quruvchi A.Ishonqulov tadbir ishtirokchilariga Milliy iqtisodiyotimizni barqaror yuksaltirish, yurtimizda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlik rivojini yangi bosqichga koʻtarish, mamlakatimizning ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirish, ish oʻrinlari yaratish, aholi farovonligini ta’milash borasida oʻz faoliyati davomida amalga oshirgan ishlari va yaratgan ishchi oʻrinlari toʻgʻrisida batafsil soʻzladi. Kamtarona mehnatlari uchun yurtboshimiz tomonidan “Faol tadbirkor” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganligi uchun Prezidentimizga oʻz minnatdorchiligini bildirdi.

Soʻzga chiqqanlarga, tadbirkorlarga keng imkoniyatlar yaratib berilayotganligi tadbirkorlikning aholi bandligini ta’minlash va iqtisodiyotni barqaror rivojlanishida tutgan oʻrni va ahamiyati, tadbirkorlik faoliyati uchun yanada qulay biznes muhitini yaratishga qaratilgan ma’lumotlar berildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?