...
27.01.2023
145 marta o'qildi

Tuman hokimi A.Donayev bugun mas’ullar bilan birgalikda Sariosiyo tumanidagi “Turmushobod” mahallasi hududida joylashgan yer maydonlarini tadbirkorlik qilish uchun E.AUKSION platformasiga chiqarilgan lotlar to‘g‘risida mahalla fuqarolari va tadbirkorlarga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchaskalarini xususiylashtirish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Unda «Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq yer uchastkalarini xususiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari tomonidan ularga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini sotib olish, shuningdek, yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali sotish yo‘li bilan amalga oshirilishi tushuntirib o‘tildi.

Hozirgi vaqtda Sariosiyo tumanida tadbirkorlik qilish uchun 154 ta lot, yoshlar sanoat zonalari uchun 6 ta lot, “Yangi O‘zbekiston” massivlaridan 7 ta lot jami bo‘lib tadbirkorlik qilish uchun 167 ta lot e-auksion platformasiga qo‘yilgan.

Mazkur yer uchaskalaridan foydalanish mumkin bo‘lgan faoliyat turlaridan savdo, umumiy ovqatlanish va maishiy xizmat, baliqchilik sanoatining ob’yektlari, dam olish va turizm ob’yektlari, metalni qayta ishlash korxonalari, nonvoyxonalar, oshxona, kafelar, savdo uylari, sauna, turk xammomlari va boshqa hammomlar, yog‘ochni qayta ishlash, qog‘oz sanoatining ob’yektlari kabi yo‘nalishlarda tadbirkorlik faoliyati olib borilishi mumkunligi ma’lum qilindi.

Shuningdek, tuman hokimi mahalla fuqarolari bilan suhbatlashib ularning uy-joy ta'mirlash hamda moddiy yordam olish bo'yicha murojaatlarini tingladi hamda ushbu muammoni ijobiy hal etish borasida mas'ullarga topshiriq berdi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?