...
16.01.2024
59 marta o'qildi

Chipta narxi oshirilmaydigan mahalliy poyezd yo‘nalishlari ma’lum qilindi

Avvalroq, 20-yanvardan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari hamda “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” tezyurar poyezdlarining chipta narxi 20 foizga oshishi haqida xabar  berilgan edi.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ chipta narxlari o‘zgarmaydigan bir necha mahalliy yo‘nalishlarni ma'lum qildi 

Jumladan, Surxondaryo viloyatidagi quyidagi yo‘nalishlar:

80/79-sonli “Toshkent – Termiz – Toshkent” yo‘nalishi;
 82/81-sonli “Toshkent – Sariosiyo – Toshkent” yo‘nalishi;
 129/130-sonli “Andijon – Termiz – Andijon” yo‘nalishi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?