...
28.02.2023
97 marta o'qildi

Bozordagi noqonuniy qurilishlarga barham berilmoqda

Tuman hokimi Abduqodir Donayev mas’ullar bilan birgalikda aholini sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida tumandagi oziq-ovqat dehqon bozorida tashkil etilgan arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari holati, narx-navo barqarorligi, savdo rastalari holatini o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida bozor hududidagi noqonuniy qurilishlarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriq berdi hamda sotuvchilar bilan suhbatlashib ularning muammo va takliflarini tingladi va mas’ullarga bozorda savdo sotiq bilan shug‘ullanib kelayotgan tadbirkorlarga barcha imkoniyatlar yaratib berish zarur ekanligi takidlab o‘tildi.

Shuningdek, bozordagi mavjud oziq-ovqat zaxirasi bilan ta’minlaganlik holati ko‘zdan kechirilib, aholiga sifatli oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish bo‘yicha tavsiyalar berildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?