...
16.01.2023
72 marta o'qildi

Har qancha olis va noqulay ob-havo bo‘lishiga qaramay, ushbu hududlarga suyultirilgan gaz reja-grafik asosida o‘z vaqtida yetkaziladi. Maqsad olis hududlarda yashovchi viloyatdoshlarimizning yashash sharoitini yaxshilashga hissa qo‘shish, tizimdagi imkoniyatlardan ularning to‘laqonli foydalanishi uchun imkoniyat yaratishdir.

Osmono‘par tog‘lar qo‘ynidagi bu manzilga tepalikka qarab ketgan qiya, tor va jarliklardan iborat yo‘l orqali boriladi. “Sariosiyotumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari ana shunday murakkab yo‘lni bosib, maxsus avtotransport vositalari bilan aholiga o‘z vaqtida suyultirilgan maishiy gaz ballonlarini yetkazib bermoqda. Hatto hozirgi qish-qirovli kunlarda ham gaz ta’minotida sangardakliklarda uzilishlarga duch kelgani yo‘q.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?