...
04.12.2023
26 marta o'qildi

Bilimlar kuni muborak!

Bugun, o'quvchilar va ularning ota-onalari uchun quvonchli kunlardan biri. Boisi barcha umumta'lim maktablarida yangi 2023-2024 o'quv yilining birinchi, ya'ni "Bilimlar kuni" nishonlandi. Shu jumladan, Sariosiyo tumani 47-maktabida ham dars jarayonlari boshlandi.

Ushbu tantanali tadbirda tuman hokimi Abduqodor Donayev, 4- sektoir rahbari Go'zal Samiyva, olimpiada va jahon chempioni, Sariosiyo faxri Baxodir Jalolov, tuman hokimi o'rinbosari Asqarali Qurbonov hamda mas'ullar, o'qituvchi, o'quvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etdi. Bayram tadbirida tuman hokimi barchani butun xalqimizning eng ulug‘ va eng aziz bayrami bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 32 yilligi hamda “Bilimlar kuni” munosabati bilan samimiy tabriklab, o‘zining eng ezgu va samimiy tilaklarimni bildirgan holda ochib berdi. Tuman hokimi o'z ma'ruzasida mustaqillikni qo'lga kiritishning mashaqqatli yo'li, shu jumladan qatag'on qurbonmlari va boshqalar faoliyatiga to'xtaldi.

Kuy va qo'shiqlarga boy bo'lgan bayram tadbiridan so'ng, har bir sinfda mustaqillik darslari o'tkazildi. Dars davomida yoshlarga mustaqillikka erishish mashaqqatlari, 32 yil ichida erishilgan yutuqlar, tariximiz to'g'risida tushunchalar berildi.

Shuningdek, yoshlarga bugungi olib borilayotgan islohotlarning davomchisi va buyuk ajdodlarimizning munosib avlodi, jannatmakon yurtimizning haqiqiy merosxo‘ri ekanliklari aytilib, imkoniyatlardan unumli foydalangan holda yurtimiz dovrug'ini dunyoga tanitadigan farzandlar bo'lishlari tilab qolindi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?