...
15.09.2023
19 marta o'qildi

"Besh tashabbus olimpiadasining "Zakovat" intellektual o'yinining tuman bosqichi bo'lib o'tdi.

Joriy yilning 14- sentabr kuni Sariosiyo tumanining Sharg‘un shaharchasiga joylashgan 5-sonli umumta'lim maktabida maktab o'quvchilari o'rtasida Yoshlar ishlari agentligi Sariosiyo tuman bo‘limi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining  Sariosiyo tuman bo‘limi hamkorligida "ZAKOVAT " intellektual o'yinining maktab bosqichlari yakunlanib tuman bosqichi o'tkazildi.

Ushbu "ZAKOVAT" intellektual o'yinining tuman bosqichida ishtirok etib yuqori o'rinlarni qo'lga kiritgan jamoalar Yoshlar ishlari agentligi Sariosiyo tumani bo‘limi boshlig'i Faxriddin G‘oyibov  hamda tuman  Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i Tojiddin O‘zbekovlar  tomonidan diplom va  qimmatbaho sovg'alar bilan munosib taqdirlandilar, ushbu tadbir shaffof va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?