...
27.09.2022
147 marta o'qildi

Sariosiyo tumanidagi 1-sonli Bollar va o‘smirlar sport maktabida “O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 31-yilligi” hamda 1-oktabr O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan sportning badiiy gimnastika turi bo‘yicha “Gimnastika malikalari” sport musobaqasi bo'lib o‘tdi. Ushbu musobaqa ochilishiga bag'ishlangan tadbirni tuman Xalq qabulxonasi mudirasi O.Jo'rabekova ochib berdi. Shundan so‘ng sport musobaqasini hakamlik guvohnomasiga ega bo‘lgan trener-o‘qituvchilar olib bordi.

Musobaqa yakunida sport musobaqasi g‘olib va sovrindorlari Surxondaryo viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi, Sariosiyo tumani hokimligi, Surxondaryo viloyati Gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi va O‘zbekiston Gimnastika Federatsiyasi Surxondaryo viloyati bo‘limi tomonidan musobaqa g‘oliblariga aniqlandi. Umumjamoa hisobida:
1-o‘rinni Sariosiyo tumani;
2-o‘rinni Termiz shahri;
3-o‘rinni Uzun tumani jamoalari egallab g‘oliblar medal, diplom hamda estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?