...
15.03.2023
67 marta o'qildi

Aholi muammolarini o‘rganish va ularni yechimini topish, hududlarda kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash yuzasidan Davlatimiz rahbarining topshiriqlariga asosan Ichki ishlar vaziri general-leytenant Po‘lat Bobojonov boshchiligidagi idoralararo ishchi guruh joriy yilning 14 mart kunidan Surxondaryo viloyatida o‘z faoliyatini boshladi.
Ishchi guruh tomonidan viloyat aholisining ijtimoiy-maishiy  muammolarini aniqlash va bartaraf etish, sog‘liqni saqlash,  jamoat tartibini va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash,  huquqni muhofaza qilish hamda kriminogen vaziyatni yanada barqarorlashtirish, shuningdek aholi bandligi va tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlar kabi dolzarb masalalarga  asosiy e’tibor qaratilmoqda. Ishchi guruh tomonidan joylardagi bir qator ijtimoiy infratuzilma ob’yektlari, korxona va tashkilotlar faoliyati o‘rganilmoqda.
Idoralararo ishchi guruh faoliyati Surxondaryo viloyatida davom etmoqda.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?