Yurtimizga yangilanish va yasharish ayyomi – Navro‘zi olam kirib keldi. Umumxalq bayrami Sariosiyo tumanida ham ko‘tarinki kayfiyatda nishonlanmoqda. Xususan, bugun 15-mart kuni tumanning “Shaxtyor” o‘yingohi hududida 5 mingdan ortiq aholi va mehmonlari ishtirokida tumanning asosiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Asosiy bayram tadbirida, milliy hunarmandchilik va taomlar ko‘rgazmalari, folklor jamoalari va baxshilar chiqishlari, el suygan, poytaxtdan tashrif buyurgan san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar bayramga o‘zgacha shukuh baxsh etdi.
Yaqinlashib kelayotgan Navro‘z ayyomi barchangizga muborak bo‘lsin.