...
24.04.2024
30 marta o'qildi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami, kam ta’minlangan oila vakillari, nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlash tizimini rivojlantirishda Davlatimiz Rahbari tashabbusi bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligining tashkil etilishi muhim qadam bo‘ldi.

 

Tantanali ochilish marosimida tuman hokimi Abduqodir Donayev, Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi rahbari M.Tog‘ayev, viloyat hokimining Sariosiyo tumani bo‘yicha vakili N.Choriyev, nuroniylar, mahalla faollari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

 

Ochilish marosimida so‘z olganlar yangi “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazi faqat xalq manfaatlari uchun xizmat qilishi lozimligini ta’kidlab, markaz xodimlari faoliyatiga omad tilashdi.

 

Sariosiyo tumanida foydalanishga topshirilgan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hamda mahallalardagi ijtimoiy xodimlar tomonidan 26 turdagi ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatiladi. Bu xizmatlar soni ortib, kelgusi yildan yana yangi 23 ta ijtimoiy xizmat yo‘lga qo‘yiladi.

 

Markazda xodimlar va fuqarolar, xususan, nogironligi bo‘lganlar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?