...
14.03.2025
0 marta o'qildi

Davlatimiz rahbarining mahallalarda tomorqalardan samarali foydalanishni tashkil etish orqali aholi bandligi va daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlarni yanada jadallashtirish borasida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayev, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sh.Nazarov, tuman Xalq qabulxonasi mudirasi O.Jo‘rabekova ishtirokida Shabnam mahallasidagi 57-sonli umumta’lim maktabida aholi vakillari bilan sayyor qabul o‘tkazildi.

 

Qabulda, ijtimoiy yordam, ish bilan ta’minlash, subsidiya ajratish, xonadonlarni kadastr hujjatlarini shakllantirish, ichki yo‘llarni ta’mirlash kabi masalalarda murojaat qilib kelgan 22 nafar fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqildi.

 

Qabul davomida fuqarolar tomonidan berilgan har bir murojaatlar batafsil o‘rganilib, ijobiy hal etilishi va qonun doirasida o‘rganilishi yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga ko‘rsatmalar berilib, mas’ullarga vazifa yuklandi.



2 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?