...
30.04.2024
15 marta o'qildi

Ijtimoiy tarmoqda “SARIOSIYOLIK RAHBARLAR PREZIDENTNI VA PREZIDENTGA QO‘SHIB YOSHLARNI QACHONGACHA ALDAYDI?” sarlavhasi ostida tarqalgan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

 

O‘rganishda, 2023-yiling 10-noyabr kunida Sariosiyo tumani Sebzor mahallasi hududidagi “Mikrokreditbank” ATB hisobida bo‘lgan 20,0 gektar yer maydonining bir qismi hududda yashovchi migratsiyadan qaytgan va ishsiz bo‘lgan 70 nafar yoshga 30,0 sotixdan ajratib berilgan.

 

Biroz vaqtdan keyin 11 nafar yoshlar ajratilgan yer maydonini o‘z xohishi bilan topshirgan va qaytarilgan yer maydonlari qolgan 59 nafar yoshlarga to‘qsonbosti (piyoz va sarimsoqpiyoz) ekinlari yetishtirish uchun qo'shib berilgan va hozirda ular tomonidan foydalanilayotganligi aniqlandi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?