...
30.04.2024
40 marta o'qildi

Tuman hokimligi katta majlislar zalida tuman hokimi Abduqodir Donayev, sektor rahbarlari, qishloq va suv xo‘jaligiga mas’ul rahbarlar hamda tumandagi fermer xo‘jaligi rahbarlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuvda, tuman hokimi tomonidan mas’ullarga g‘allani begona o‘tlarda tozalash, o‘rimga kombaynlar shayligini hozirdan ta’minlash, eksport masalalari hamda dala chetlarini tozalab gul ekish, go‘za qator oralariga ishlov berish jumladan, chigit ekilgan maydonlarda kultivatsiya ishlarni jadallashtirish masalalarida fermer xo‘jaliklari rahbarlariga reja asosida ishlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

 

Shuningdek, tuman hokimi sohadagi kamchiliklarni muhokama qilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bo‘yicha mas’ullarga tegishli tushuncha va ogohlantirishlar berib agrotexnik tadbirlarni tizimli amalga oshirish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar belgilandi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?