...
19.04.2024
31 marta o'qildi

Bugun tuman hokimligi katta majlislar zalida tuman hokimi Abduqodir Donayev, Viloyat hokimining Sariosiyo tumani bo‘yicha vakili N.Choriyev, sektor rahbarlari, qishloq va suv xo‘jaligiga mas’ul rahbarlar hamda tumandagi fermer xo‘jaligi rahbarlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuvda, mas’ullarga g‘alla maydonlarini oziqlash, suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, go‘za parvarishi, eksport masalalari hamda dala madaniyatiga rioya qilgan holda tut va tok ko‘chatlari ekish masalalarida fermer xo‘jaliklari rahbarlariga reja asosida ishlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar belgilab berildi.

 

Shuningdek, sohadagi kamchiliklarni muhokama qilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bo‘yicha mas’ullarga tegishli ogohlantirish berilib, pillachilik sohasida olib borilayotgan ishlarni muhokama qilindi hamda pilla yetishtiruvchi dehqon va mas’ullarga navbatdagi chora-tadbirlar belgilandi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?