Sariosiyo tumanida O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tuman bo‘limi hamda “Mahalla yettiligi”ning birinchi yarim yillik faoliyati yakunlari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilishda “Mahalla yettiligi”ga mas’ul bo‘lgan idoralar rahbarlarining hisobotlari tinglandi. Shu qatorda, mas’ullar mavjud muammolar, kamchiliklar hamda yil yakuniga qadar belgilangan ustuvor vazifalar yuzasidan ma’lumot berib o‘tishdi.
Shuningdek, mahallalarni ishsizlik, kambag‘allikdan holi hududga aylantirish, “Sayxunobod”, “Uychi”, “Dilbuloq” mahallalari tajribasi asosida aholi daromadini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar ham muhokama qilindi.