...
30.04.2024
9 marta o'qildi

 

Bir yiqildim — pishdim, ikki yiqildim — kuchliroq bo‘ldim, turtildim — xulosa chiqardim, xato qildim — oq-qorani ajratdim.

 

Muhimi, yo‘limda davom etyapman, taslim bo‘lmadim, hayot maktabida — mohir muallim qo‘lida kunda-kunga charxlanib boryapman. Sinoviga shukr qilib, dardiga sabr qilib, zarbasiga qalqon bo‘lib, yurishdan to‘xtamayapman.

 

Bir kun, albatta, ko‘zlagan maqsadimga erishganimda "shu kunlar ham bo‘lgan edi-ya", deya ortimga tabassum bilan nazar solaman.

 

Unutmang, hamma narsa o‘tkinchi, hatto shu zalvorli imtihonlar ham. Qoqilgan taqdiringizda ham, qadingizni tik tutib, manzil sari davom eting.

 

Yo‘l-yo‘lakay uchraydigan to‘siqlar-u gap-so‘zlarga parvo qilmang.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?