...
30.09.2024
8 marta o'qildi

Sariosiyo tuman hokimligida “Gender tenglik faoli” milliy tanlovi tuman bosqichi o‘tkazildi. Ushbu tanlovda tumanda faoliyat olib borayotgan 4 nafar faol xotin-qizlar ishtirok etishdi.

 

Ushbu tadbirda ishtirokchilar o‘z loyihalari, g‘oyalari va gender tenglikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlarini taqdim etdilar. Tadbirda munozara va seminarlar tashkil etilib, ishtirokchilar gender masalalari haqida fikr almashdilar.

 

Qiziqarli shartlarga boy bo‘lgan tanlovda:


- “Eng faol tuman hokimligi xodimi” - Tilakova Sevara Isroilovna;
- “Eng faol tadbirkorlik subyekti rahbari” - Hakimjonova Sitora Abduqahhor qizi;
- “Eng faol tuman tashkiloti Sharg‘un ko‘mir AJ xodimi” - Xolmirzayeva Xolida Mamairimovna;
- “Eng faol tuman NNT rahbari” - Normo‘minova Muhabbat Xo‘janazarova turli nominatsiyalar bo‘yicha qatnashdilar.

 

Tanlov g‘oliblari tuman hokimining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?