...
23.10.2024
64 marta o'qildi

Surxondaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan 2024-yil 1-noyabr kuni Denov tumani “Sina” mahallasida milliy taomlar sayli hamda turizm qishlog‘ining ochilishi tadbirlari o‘tkaziladi.

 

Ushbu saylda viloyatimiz shahar va tumanlarining milliy uslubda bezatilgan pavilonlari tashkil etilib, hududlarning o‘ziga xos tansiq taomlari ko‘rgazmasi, ularni tayyorlash bilan bog‘liq uslublari, udum va an’analar namoyish etiladi.

 

Sayl davomida folklor etnografik jamoalar, milliy cholg‘u guruhlari va yosh san’atkorlarning chiqishlari, an’anaviy xalq o‘yinlari musobaqalari o‘tkaziladi.

 

Sayl yakunida “Eng yaxshi taom”, “Eng yaxshi oshpaz” va “Eng ko‘p milliy taom tayyorlagan oshpaz” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar saralanib, diplom, statuetka va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?