...
19.04.2024
35 marta o'qildi

Tuman hokimi Abduqodir Donayev xalq bilan doimiy muloqot olib borish, mahallama-mahalla yurish orqali odamlarni qiynab kelayotgan muammolarni chuqur o‘rganish va hal qilish maqsadida Bog‘iston mahallasidagi aholi va yoshlar bilan uchrashdi hamda navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

 

Qabulda, tumandagi tegishli aloqador tashkilot va korxona rahbarlari, Bog‘iston mahallasi fuqarolari hamda “mahalla yettiligi” ishtirok etishdi.

 

Sayyor qabul jarayonida, tuman hokimi A.Donayev tomonidan Bog‘iston mahallasida ham Sayxunobod tajribasini yo‘lga qo‘yish yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.

 

Qabul davomida, fuqarolar tomonidan ichimlik suvi bilan ta’minlash, piyodalar yo‘lakchasi qurish kabi masalalarda yo‘llangan murojaatlar ro‘yxatga olinib, tegishli tartibda ijroga qaratildi. Murojaatlarni ijobiy hal etish bo‘yicha muddat belgilanib, mas’ullarga vazifa yuklandi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?