...
25.01.2024
59 marta o'qildi

XALQ DEPUTATLARI SARIOSIYO TUMAN KENGASHINING OLTMISH UCHINCHI SESSIYASI KUN TARTIBI

  1. 2023-yil “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirish borasida erishilgan natijalar va 2024-yil “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” davlat dasturida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida tuman hokimining hisoboti

(Ma’ruzachi: Sariosiyo tumani hokimi - Donayev Abduqodir Haydarovich)

  1. Tumanda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman prokurorining axboroti.

(Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiya)

  1. Jinoyatchilikni oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining 2023-yilning 4-choragi davomida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti.

(Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiya)

  1. 2023-yilning 4-choragi davomida tumanda soliq tushumlarining o‘z vaqtida undirilishi va prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman Soliq inspeksiyasi boshlig‘ining hisoboti.

(Ma’ruzachi: Sariosiyo tuman Soliq inspeksiyasi boshlig‘i - G.Samiyeva)

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3182-sonli va 2019-yil 8-yanvardagi PQ-4102-sonli qarorlariga asosan biriktirilgan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari” bo‘yicha 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan sektor rahbarlarining hisobotlari to‘g‘risida.

(Ma’ruzachilar: 1-sektor rahbari - A.Donayev, 4-sektor rahbari - G.Samiyeva)

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5415-son Farmonining ijrosi shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha 2023-yilning 4-choragi mobaynida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i L.Raimovning axboroti.

(Ma’ruzachi: Sariosiyo tumani Adliya bo‘limi boshlig‘i - Raimov Latif Erdonovich)

  1. Sariosiyo tumanida 2023-yilning 4-chorak yakunlariga ko‘ra jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar to‘g‘risidagi hisobotni tasdiqlash haqida.

(Ma’ruzachi: Tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i – E.Xasanov)

  1. Sariosiyo tumani mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.

(Ma’ruzachi: Tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i – E.Hasanov)

  1. Sariosiyo tuman mahalliy budjetining 2024-yil boshidagi erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.

(Ma’ruzachi: Tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i – E.Hasanov)

  1. “Sariosiyo tumanining 2023-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash to‘g‘risida”gi xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi qaroriga o‘zgartishlar kiritish haqida.

(Ma’ruzachi: Tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i – E.Hasanov)

  1. O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan tumanda jamoat xavfsizligi ta’minlash borasida 2023-yilning 4-choragi mobaynida amalga oshirilgan ishlar yuzasidana tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari, jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i Sh.Qosimovning hisoboti to‘g‘risida.

(Ma’ruzachi: Sariosiyo tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari, jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i – Sh.Qosimov)

  1. Sariosiyo tumani hududidagi mahallalarning ma’muriy-hududiy chegaralarini belgilash to‘g‘risida.

(Ma’ruzachi: Kadastrlar palatasi Sariosiyo tumani bo‘limi boshlig‘i - I.Qurbonov)

  1. Xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashining hamda doimiy komissiyalarining 2024-yilga mo‘ljallangan ish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida.
  2. “Mahalla” xayriya jamoat fondi Sariosiyo tuman bo‘limi qoshida ochilgan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.

(Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi)

  1. Tuman hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarning 2023-yil yakuniga ko‘ra, eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlaridan qabristonlar holati bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida.

(Sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi)

  1. Sariosiyo tumanida 2024-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023-yil 13-dekabrdagi “Respublikamizda yerlardan oqilona va samarali foydalanish holatini o‘rganish, bu borada mahalliy Kengashlar tomonidan nazorat qilish samaradorligini yanada oshirish to‘g‘risida”gi 3787-IV/KQ-642-IV-sonli Qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida.
  3. Xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashi deputatlarini ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida.
  4. Boshqa masalalar.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?