...
13.02.2024
52 marta o'qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi “Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-28-sonli farmonining mazmun mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida, xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Tadbirlarda, qabul qilingan Farmon – mahalliy darajada davlat hokimiyatini transformatsiya qilishga, tom ma’noda xalqchil tizimni joriy etishga qaratilgan muhim siyosiy islohotlarning mantiqiy davomi bo‘lganligi, Farmon bilan O‘zbekiston mahalliy boshqaruvi tarixida birinchi marotaba mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini yangi model – “Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyili asosida isloh qilishga qaratilgan qator qoidalar belgilab berilganligi hamda jamiyat va davlat hayotining muhim masalalarini hal etishda ushbu hududda istiqomat qilayotgan aholining fikrini inobatga olish, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining rolini oshirish maqsadida ta’lim, atrof-muhitni muhofaza qilish, shaharsozlik, transport va hududning infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan 33 ta vakolat Kengashlar ixtiyoriga o‘tkazilayotganligi xususida ta’kidlab o‘tildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?